Avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi
Avgust oyida elektromobillar bozorida sotuvlar hajmi 1,7 ming donani tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan deyarli ikki baravar kam.
O‘zbekistonda avgust oyida yengil elektromobillar segmentida sotuvlarning pasayishi kuzatildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabariga ko‘ra, oy davomida sotuvlar hajmi 1,7 ming donani tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan deyarli ikki baravar kam.
Hududlar bo‘yicha 5 ta hududda sotuvlar kamayganligi qayd etilgan, umumiy pasayishning 90 foizdan ortig‘i poytaxt ulushiga to‘g‘ri kelgan, Toshkentda sotuvlar 66 foizga kamaydi. Yangi elektromobillarning birlamchi bozorida sotuvlar bir oy davomida 53 foizga kamaydi, ikkilamchi bozorda esa pasayish 37 foizni tashkil etdi. Yillik hisobda foydalanilgan elektromobillar savdosi 20 foizga oshdi.
Umumiy hisobda avgust oyida yengil avtomobillar savdosi 11 foizga oshib, 102 ming donani tashkil etdi, bu 2024 yilning fevral oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Hududlar kesimida avgust oyida yengil avtomobillar savdosi bo‘yicha eng yuqori o‘sish Surxondaryo (54 foiz), Farg‘ona (25,4 foiz) va Andijon viloyatlarida (24,8 foiz) qayd etilgan.
Mavzuga oid
11:27 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston imtiyozli savdo bitimiga kiruvchi mahsulotlar bo‘yicha muzokara olib bormoqda
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
09:30 / 31.10.2024
RF transchegaraviy savdo bozoriga kirishni cheklamoqchi
08:20 / 23.10.2024