Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya O‘zbekistonni JSTga a'zo bo‘lish doirasida qo‘llab-quvvatlashga tayyor
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR markazi
Toshkentda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Shveytsariya hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Shveytsariya kompaniyalari va banklarining 25 dan ortiq vakillari ishtirok etdilar.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR markazi xabariga ko‘ra, hukumatlararo muloqot doirasida tovar ayirboshlash hajmining ijobiy dinamikasi, mamlakatda Shveytsariya biznesining o‘rnini mustahkamlash hamda Yevropa ishbilarmon doiralarining O‘zbekistonda yangi g‘oyalar va tashabbuslarni amalga oshirishga qiziqishi tobora ortib borayotgani qayd etilgan.
Shu munosabat bilan Shveytsariya hukumati O‘zbekistonni JSTga a'zo bo‘lish doirasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida bank sektorida hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shimcha eksport kredit liniyalarini ochish, sayyohlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ta'lim sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi ikki tomonlama bitimlar imzolandi.
Mavzuga oid
12:43 / 13.02.2026
Shveytsariya aholi soni chegarasi bo‘yicha referendum tayyorlamoqda
21:32 / 12.02.2026
Shveytsariyada mamlakat aholisi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
08:23 / 22.01.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tsyurix shahriga keldi
16:03 / 10.01.2026