Jamiyat | 01:46 / 22.05.2019
8367
3 daqiqa o‘qiladi

Barcha narsaga yaxshilikda, shafqatda, ehsonda bo‘lishlik insonning zimmasidagi vojib amaldir

Foto: KUN.UZ

«Kun hadisi» dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni «Islomda shafqat» deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni O‘zbekiston musulmonlar idorasi kotibiyati mudiri Muhammadayubxon Hamidov sharhlab berdi.

YouTube

Tas-IX

Abu Yallo Shaddod ibn Avs roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: «Alloh taolo hamma narsaga nisbatan yaxshi muomala qilishni buyurgan. Shuning uchun (Hayvonni) so‘yayotganda qiynamasdan so‘yinglar. Biron hayvonni so‘yayotgan kishi oldin pichog‘ini qayrab olsin va so‘yilayotgan hayvonga ozor bermasin» (Imom Muslim va Nasaiy rivoyatlari).

Ya'ni molni so‘yishdan oldin pichoqni yaxshilab o‘tkirlab, uning qiynalishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Oldindan pichoqni o‘tkirlab olmasdan uning bo‘ynining bir qismini kesib, jon chiqishini kutib turish yaxshi emas. So‘yishdan oldin hayvonga sut beradi. Sut beradigan bolali tuyalarni to sutdan qolmagunicha so‘ymaydi. Sog‘iladigan hayvonning suti to‘lig‘icha sog‘ib olinmaydi va sog‘ilayotgan paytda sog‘uvchining tirnoqlari o‘smagan bo‘lishi kerak. Bir hayvonni boshqa hayvonlar ko‘z o‘ngida so‘yish yaramaydi.

Ushbu hadis dinimizdagi eng muhim qoidalardan birini o‘z ichiga olgan, u – shafqat, mehr-muruvvat, muhabbat va yaxshilik ko‘rsatish. 

Hadisda aytilganidek, Alloh taolo barcha narsada yaxshilikni yozib, buyurib qo‘ygan, hattoki hayvonni so‘yishda ham. 

Ushbu hadisdan nimalarni olishimiz mumkin? Undan anglashiladiki, barcha narsaga yaxshilikda, shafqatda, ehsonda bo‘lishlik insonning zimmasidagi vojib amaldir. 

«Baqara» surasida Alloh taolo aytadiki, mehr shafqatli, chiroyli, go‘zal muomalada bo‘linglar, chiroyli munosabatda bo‘linglar, albatta, Alloh taolo chiroyli muomalada bo‘luvchi muhsinlarni sevadi. Bu Qur'onning amri. Qur'on amriga amal qilib, ehsonda, yaxshi muomalada bo‘lish bizning zimmamizdagi vazifadir.

Mavzuga oid