“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Islomda birodarlik”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Tölqin Akrom öğli” masjidi imom-xatibi Sahobiddin Sotimov şarhlab berdi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilinadi: “Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam aytdilar: “Bir-birovingiz bilan hasadlaşmangiz. Özaro narxlaşmangizlar. Bir-biringiz bilan ğazablaşmangizlar. Va bir-birovingiz bilan yuz körmas bölib ketmangizlar. Ba'zilaringiz ba'zilaringizning ustiga savdo qilmasin. Sizlar Allohning birodar bölgan bandalaridan bölingiz. Musulmon musulmon uçun birodardir. Birodar birodariga zulm qilmaydi, uni xörlamaydi va yolğon gapirmaydi. Hamda uni tahqirlamaydi. Har bir musulmon uçun musulmonga uning qoni, moli va obröyini tökiş haromdir”.

Uşbu hadis Islom olamida dinning madori deb hisoblangan hadislar sirasiga kiradi. Rasulullohga din bitta özlari bilan sobit böldi. Islom tez fursatda butun dunyoga yoyildi. Islomda birodarlik uluğlanadi. Bu xislat din tarğibida ham közga körinadi. Ammo ana şu birodarlikni yemiradigan omillar ham borki, undan bizni voqif qiliş uçun Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam yuqoridagi hadisni keltirganlar.

Bular nima bölişi mumkin? Hadisda keltirilganidek: hasad, ğazab, oqibatsizlik, zulm kabi illatlardir. Musulmon musulmonga aka-uka ekan, unga zulm qilmaydi va uni xorlamaydi. Hamda uni aldamaydi. Yuqoridagi hadisning şarhida birodarlik xislati va uning amal qiliş kerak bölgan odoblari haqida söz boradi.