O‘zbekiston | 21:03 / 24.05.2019
9495
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Belarus harbiylari hamkorligidagi taktik-o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi

Kecha, 23 may kuni “Jangovar hamdo‘stlik–2019” shiori ostida O‘zbekiston–Belarus maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida o‘tkazilgan hamkorlikdagi maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy qismi yakuniga yetdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nazvaniye
Nazvaniye

Qayd etilishicha, mazkur mashg‘ulotlarni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus qurolli kuchlari delegatsiyasi vakillari bevosita kuzatib bordi.

Nazvaniye

“Jangovar hamdo‘stlik–2019” taktik-o‘quvida rejalashtirilgan barcha mashg‘ulotlar umumlashib, har ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining yuksak jangovar shayligi, tezkorligi va aniqligini ifoda etdi. Vatanimiz va mehmon harbiylari razvedka xizmatining to‘liq ma'lumotlariga asosan shartli dushman o‘rnashgan hududni qurshab oldi. Hamkorlikdagi maxsus bo‘linmalarning “garovga olingan” shaxslarni ozod etish hamda shartli noqonuniy qurollangan to‘daning so‘zsiz taslim bo‘lishi haqidagi talabi keskin rad etilgach, ularning mudofaa chizig‘i qaqshatqich zarbalarga duchor bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

– “Jangovar hamdo‘stlik – 2019” doirasida o‘tgan mashg‘ulotlar har ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining zamonaviy jang amaliyotlaridagi muhim tajribalarini oshirdi, – deydi o‘zbekistonlik podpolkovnik Farhod Rustamov. – Harbiy xizmatchilar shartli dushman mudofaa chiziqlarini zirxli texnika orqali yorib kirish, guruhlarga bo‘lingan holda tezkor taktik harakatlar bilan qurolli to‘dalarning pistirmalarini bombardimon etish, tepaliklardan arqon yordamida tushish vazifalarini a'lo darajada bajardilar. 

Nazvaniye
Nazvaniye
Nazvaniye
Nazvaniye
Nazvaniye
Nazvaniye

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Mi-8 vertolyotining desantlashtirish harakatlari shartli dushman mudofaasi ort qismini o‘qqa tutish imkonini yaratdi. Garovga olingan bolalar va fuqarolarni o‘zbek va belarus harbiylari betalafot evakuatsiya qildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Pop tumani bo‘limi va tez tibbiy yordam tezkor xodimlari tomonidan jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, evakuatsiyasi amalga oshirildi, yong‘inlar o‘chirildi. Hudud xavfdan butkul xoli bo‘ldi.

Nazvaniye
Nazvaniye
Nazvaniye
Nazvaniye
Nazvaniye

 “Jangovar hamdo‘stlik–2019”ning yopilish marosimida ishtirok etgan har ikki mamlakat mutasaddi vakillari mazkur zamonaviy jang amaliyoti namoyishining yuqori saviyada o‘tganini e'tirof etdi. Maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘rnak bo‘lgan harbiy xizmatchilar har ikki mamlakat mudofaa idoralari tomonidan taqdirlandi.

Nazvaniye
Nazvaniye

Mehmonlar sharafiga Namangan viloyati hokimligi tomonidan o‘zbek milliy qadriyatlari, urf-odatlari va hunarmandchilik namunalari aks etgan ekspozitsiyalar, shuningdek o‘zbek milliy taomlarining tayyorlanish jarayonlari haqida ma'lumot beradigan ko‘rgazmalar tashkil etildi, harbiy orkestr ijodiy jamoasi hamda vodiyning taniqli xonandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Nazvaniye
Nazvaniye

Mavzuga oid