O‘zbekiston | 11:10 / 25.07.2019
5978
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh O‘zbekistonni TIFA Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etishga taklif qildi

Foto: senat.uz

Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanovning AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha savdo vakolatxonasi yordamchisi Kristofer Uilson boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o‘rtasida savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitimga (TIFA) muvofiq ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek elektron savdo bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni yanada kengaytirish, intellektual mulk huquqlarini ta'minlash va mehnatga doir qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha xalqaro amaliyotni o‘rganish masalalari muhokama etildi.

Delegatsiya a'zolari O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST) ga qo‘shilish jarayonini faollashtirganiga yuqori baho berdi. AQSh tomonidan O‘zbekistonga TIFA Kengashining joriy yil kuzda Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etish taklif etildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid