Sifati kafolatlanmagan shpritslarning noqonuniy kirib kelishi oldi olindi
Saqlash muddati va sharoitiga rioya qilinmagan, ishlab chiqaruvchi tomonidan tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan tibbiyot anjomlari yurtimiz aholisi uchun qay darajada xavfli ekanligini qonunbuzarlar hech o‘ylab ko‘rganmikan?
Jumladan, “Daut-ata” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro A.Sh. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, uning yuklari orasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan qiymati 40 million so‘mlik 4000 dona sifati kafolatlanmagan shpritslar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 191-sonli qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun 5 birlikdan ortiq bo‘lmagan tibbiy buyumlarni olib kirishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi
07:32 / 07.01.2023
O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini aniqlash tartibi o‘zgaradi
08:28 / 28.12.2022