Jahon | 19:26 / 13.08.2019
34992
1 daqiqa o‘qiladi

NATO qiruvchisi Rossiya mudofaa vaziri o‘tirgan samolyotga yaqinlashishga harakat qildi

Foto : MoD / Crown copyright 2018

NATOga qarashli F-18 qiruvchi samolyoti Boltiq dengizi ustida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning samolyotiga yaqinlashishga harakat qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Su-27 samolyotlari NATO samolyotini quvib yuborgan.

Ma'lumot berilishicha, Rossiya mudofaa vaziri o‘tirgan samolyot ikkita Su-27 qiruvchi samolyotlari hamrohligida Kaliningraddan Moskvaga uchayotgan bo‘lgan.

Boltiq dengizidagi neytral suvlar ustida uning samolyotiga F-18 samolyotlari yaqinlashishga harakat qilgan, ammo Su-27 uchuvchilari qiruvchini siquvga olgan hamda laynerga yaqinlashishga imkon bermagan.

Mavzuga oid