Jahon | 16:16 / 18.08.2019
16925
2 daqiqa o‘qiladi

Quyosh panellari yotqizilgan dunyodagi birinchi yo‘l nima uchun yopildi?

Foto: Colas Group

2016 yil dekabrida Colas kompaniyasi Wattway —fotogalvanik panellardan tashkil topgan birinchi avtomobil yo‘lini namoyish etdi.

Uzunligi 1 kilometr bo‘lgan trassa Fransiya shimolida joylashgandi. Injyenerlarning hisob-kitoblari bo‘yicha yo‘l yiliga 150 ming kVt soat elektr ishlab chiqarishi va Turvur shahridagi yoritkichlarni tok bilan ta'minlashi lozim edi.

Loyiha qiymati 5,2 mln dollarga teng bo‘lib, u Fransiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgandi. Mahalliy OAV uni kelajak trassasi deb nomladi, Energetika vazirligi esa loyiha muvaffaqiyat qozonadigan bo‘lsa, 2021 yilga kelib har 100 kilometr yo‘lga bir kilometr «quyoshli» yo‘l yotqizib chiqishni rejalashtirdi.

Ammo Wattway bir nechta xato sababli muvaffaqiyatsizlikka uchradi, deb yozadi Le Monde nashri.

Masalan, kompaniya iqlimni hisobga olmagan: Kanda (eng yaqin yirik shahar) yiliga atigi 44 bulutsiz kun bo‘ladi. Buning ustiga, Colas kuzda yo‘lni qalin xazon qoplashini ko‘zda tutmagan.

Bundan tashqari, injyenerlar yo‘lga tushadigan bosimni ham noto‘g‘ri hisoblashgan – panellar polimer qoplama bilan qoplangan bo‘lsa-da, vaqt o‘tgach og‘ir avtomobillar va mahalliy fermerlar traktorlari panellar cindira boshladi.

Oqibatda 2018 yil mayda yo‘lning 90 metri ta'mirlab bo‘lmasligi sababli olib tashlandi. Yo‘l esa bir yilda atigi 80 ming kVt⋅soat elektr ishlab chiqardi.

 

Mavzuga oid