O‘zbekiston | 07:26 / 27.08.2019
37618
1 daqiqa o‘qiladi
Tez tibbiy yordam avtomobillari haydovchilari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari oshirildi
“Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, mazkur hujjat bilan tibbiy xizmat avtomobillari haydovchilarining oylik ish haqi oshirilishi nazarda tutildi.
Avvalgi tartibdan farqli ravishda, endilikda, tibbiy xizmat avtomobillari haydovchilari belgilangan umumiy razryadga nisbatan bir razryad yuqori miqdorda oylik ish haqi oladi.
Ushbu hujjat 2019 yil 26 avgustdan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
22:04 / 17.11.2023
Qirg‘iziston hukumati Rossiyani migrantlarni tibbiy sug‘urta bilan ta’minlashga chaqirdi
18:36 / 17.10.2023
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi belgilandi
22:22 / 26.10.2022
Noto‘g‘ri “ukol” qilib ikki bolaning oyog‘i ishlamay qolishiga sababchi bo‘lgan hamshiralar sud qilindi
15:54 / 04.08.2022