O‘zbekiston Investitsiya dasturini shakllantirishning yangi tartibi joriy etildi
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan joriy yilning 10 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan 5717-son Farmoni va vazirlik tomonidan Farmon ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Vazirlik Axborot-tahlil bosh boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Abdurahmonov bergan ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5717-son Farmonga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishda yangi tartib joriy etildi, unga ko‘ra, 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan konsepsiyalari va dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida uning asosiy ko‘rsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda uch yillik davrga shakllantirilishi belgilangan.
Investitsiya dasturini shakllantirishning avvalgi tizimi istiqbolli investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich tayyorlashni va loyiha hujjatlari o‘z vaqtida ishlab chiqilishini ta'minlamaganligi, bu esa moliyalashtirishning ochilishi, mablag‘lar o‘zlashtirilishi hamda quvvatlar ishga tushirilishining kechiktirilishiga sabab bo‘lardi. Ya'ni avvalgi tartibga ko‘ra, Investitsiya dasturi bir yil muddatga shakllantirilardi va qabul qilingandan keyingina loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqilib, pudratchilar bilan shartnoma tuzilgandan keyingina qurilish ishlari ba'zi hollarda aprel-may oylarida boshlanardi.
Yangi tartibga ko‘ra esa Investitsiya dasturiga faqat loyihaoldi hujjatlari puxta ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyihalar kiritiladi, shu sababli uch yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi dekabr oyida qabul qilingan so‘ng, qurilish ishlarini yanvar-fevral oylarida boshlab yuborish imkoniyati mavjud bo‘ladi va mablag‘lar o‘z vaqtida o‘zlashtirilishiga hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishiga zamin yaratgan.
Bundan tashqari, Farmonga ko‘ra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek Dasturning amalga oshirilishini umumiy monitoring va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ deb belgilangan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2020 - 2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyiha (obekt)larning dastlabki ro‘yxati shakllantirilib, ushbu ro‘yxat Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlandi.
Investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish jarayoniga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida, ushbu Farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 iyuldagi “Investitsiya loyihalarini nazorat va monitoring qilish sohasida axborot tizimini joriy etish va undan foydalanish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 616-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha Reglament tasdiqlandi.
Shu bilan birga, “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ishlash uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari 1597 ta xodimlariga treninglar o‘tkazildi.
Joriy yilning dekabr oyidan boshlab Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish ushbu avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan investitsiya va tashqi savdo sohasidagi hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, shuningdek xo‘jalik birlashmalari va strategik ahamiyatdagi korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi va kiritilishi ushbu Farmonda belgilab qo‘yilgan.
Shu sababli, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan investitsiya va tashqi savdo sohasidagi hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, shuningdek xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatdagi korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ta'minlanmoqda.
Jumladan, joriy yilning 31 iyul va 1 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga tashrifi natijalariga ko‘ra “Yo‘l xaritasi” loyihasi ishlab chiqilib, 2019 yil 3 avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4416 “O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlandi.
Qaror bilan kooperatsiya va eksport shartnomalari hamda kelishuvlari borasida qiymati 277,7 mln. dollar bo‘lgan 164 ta loyiha qamrab olindi.
Shuningdek, Farmonga asosan Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahriri ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi va yaqin kunlarda ushbu Nizomning tasdiqlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:10
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:16 / 31.10.2024