Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salkam 2 kilogramm zargarlik buyumlarining olib kirilishi fosh qilindi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarini mamlakatimizga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.S.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, fuqaro A.S. qo‘l sumkalarining turli burchaklariga zarqog‘ozga o‘rab joylashtirib, umumiy qiymati 38,5 million so‘mlik 1924,62 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringani aniqlandi.
Yana bir holat “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. Ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro B.G.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, umumiy qiymati 3,3 million so‘mlik, og‘irligi 109 gramm bo‘lgan kumush va tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirayotgani aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:59
“Bojlar pasaytirilsa, mahsulot narxi arzonlashardi”: import sohasida tadbirkorlar hukumatdan qanday yordam kutyapti?
09:42 / 22.01.2026
Yevroparlament YeI–AQSh bojxona kelishuvi bo‘yicha ishni muzlatdi
08:57 / 15.01.2026
1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi
08:40 / 10.01.2026