O‘zbekiston | 11:15 / 29.10.2019
4301
2 daqiqa o‘qiladi

Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazoratiga tuzatishlar kiritildi 

Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati to‘g‘risidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
 
Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari – bu investitsiya: fondlari, vositachilari, maslahatchilari; investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi; transfer-agentlar va qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchilari. Ularning faoliyati va ichki hujjatlari nazorat qilinadi. Bu vazifa investitsiya maslahatchisida tashkilot rahbariga, qolganlarda esa – sub'yektning vakolatli boshqaruv organi tomonidan tayinlangan nazoratchiga yuklatiladi.
 
Ilgari kim bunday nazoratchi bo‘la olmasligi ma'lum edi (Nizomning 14-bandi). Boshqa tomondan, nazoratchi lavozimiga tayinlanadigan mutaxassis belgilangan malaka talablariga muvofiq kelishi lozimligi belgilangan. Biroq aniqlashtirilmagan edi. Tuzatishlar bu jihatni aniqlashtiradi.
 
I yoki II toifali malaka guvohnomasiga ega professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birja fond bo‘limining nazoratchisi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:

• moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha oliy ma'lumotga;
• qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, fond birjalari, boshqa birjalar fond bo‘limlarida yoki faoliyatning iqtisodiy, moliyaviy, yuridik sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoxud ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi 10 yilda kamida 5 yillik ish stajiga.

Mavzuga oid