Prezidentning “Budjet mablağlaridan foydalaniş ustidan moliyaviy nazoratni kuçaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, quyidagilar amalga oşiriladi:

– Özbekistonning konsolidatsiyalaşgan budjeti ijrosi taşqi auditdan ötkaziladi va natijasi böyiça tegişli xulosalar tayyorlanadi;

– 2025 yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yirik taşkilotlar faoliyatini auditdan ötkaziş amaliyoti yölga qöyiladi;

– strategik va axborot texnologiyalari auditi turlari joriy etiladi;

Hukumat tomonidan Özbekistonning konsolidatsiyalaşgan budjeti ijrosi töğrisidagi yillik hisobotni Hisob palatasiga taşqi audit ötkaziş va baholaş uçun hisobot yilidan keyingi yilning 5 martigaça yuboriş tartibi belgilandi.

2024 yildan Özbekistonning barqaror rivojlaniş sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga erişiş dasturlarining ijrosi har yili Hisob palatasi tomonidan baholaşdan ötkaziladi hamda natijalari yuzasidan Prezidentga hamda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga hisobot kiritiladi.

Farmonga muvofiq, 2025 yildan davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablağlar böyiça ma’lumotlar tegişli xalq deputatlari kengaşlariga taqdim etiladi. Bunda xalq deputatlari mahalliy kengaşlarining hududlarga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalaridan ajratilayotgan mablağlar böyiça sörovi va nazorati yölga qöyiladi. Şuningdek, har çorakda Hisob palatasi tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari böyiça taqdim etilgan axborotlar Hukumatning majlislarida muhokama qilib boriladi.

2025 yil 1 yanvardan moliyaviy va boşqa xavflarning oldini oliş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yirik taşkilotlarda ularning birinçi rahbarlari boşçiligida kollegial asosda “Xavflarni boşqariş” qömitalari tuziladi.