Jamiyat | 11:10 / 29.10.2019
8953
1 daqiqa o‘qiladi

Yashirilgan soatlar «yashil» yo‘lakda «chiqillab» qoldi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tovar moddiy boyliklarini yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Jumladan, “Toshkent” xalqaro aeroportiga xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro X.X.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me'yoridan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 19 million so‘mni tashkil etuvchi 60 dona “al harameen” nomli qo‘l soatlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid