O‘zbekiston | 10:13 / 06.11.2019
7106
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz» va «O‘zkimyosanoat»da korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi joriy etilyapti

Foto: Getty Images

“O‘zkimyosanoat” va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” (compliance control) tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar boshlandi.

Loyiha yetakchi xalqaro tashkilotlardan biri hisoblangan auditorlik kompaniyasi KPMG (Italiya) ekspertlari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Taqdimot davomida “KPMG” ekspertlari mazkur loyihani xalqaro ekspertlarning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilishi jamiyatlarda korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar va amaliyotlarni samarali joriy etishga imkon berishini, shuningdek jamiyatlarning shaffofligi, korporativ boshqaruv darajasi va investitsiyaviy jozibadorligi oshishini ta'kidlab o‘tishdi.

Bundan tashqari, mazkur jamiyatlarda korrupsiyaga qarshi choralarni samarali amalga oshirishda to‘plangan tajribadan boshqa ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan tashkilotlarda va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda korrupsiyaga qarshi kurashning umumiy yo‘nalishini shakllantirish uchun foydalanish mumkinligi qayd etildi.

Mavzuga oid