Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya va Xitoy bilan munosabat o‘rnatishda ma'lum bir muvozanatni topishi kerak - yapon eksperti
Ekspertning fikricha, Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalarida azaldan asosiy urg‘u Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlariga qaratib kelinadi. Biroq Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlaridagi o‘zaro manfaatli loyihalarga investitsiyalar kiritishi mumkin.
Samarqandda o‘tkazilgan «Valday» muloqot klubining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan «Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik chaqiriqlariga javoban ko‘p tomonlama hamkorlik» mavzuidagi X Osiyo konferensiyasiga 11 davlatdan 80dan ortiq ekspertlar tashrif buyurishdi.
Ulardan biri Yaponiyaning Sasakawa Peace Foundation fondining katta ilmiy xodimi Taysuke Abiru Kun.uz muxbiri bilan suhbatda konferensiyadan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston bilan ham munosabatlar rivojlanib bormoqda. Ayniqsa bu so‘nggi ikki-uch yilda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Albatta, Xitoyning ham mazkur mintaqaga qiziqishini qayd etish lozim. U ham mintaqada tobora ta'sir kuchiga ega o‘yinchiga aylanib bormoqda. Mening fikrimcha, Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya va Xitoy bilan munosabatlar o‘rnatishda ma'lum bir muvozanatni topishi kerak, bu eng to‘g‘ri yondashuv bo‘ladi. Menimcha, Yaponiya ham uchinchi tomon sifatida bu muvozanatlashuvda ishtirok etishi mumkin», — dedi Taysuke Abiru.
Kun.uz muxbirining Yaponiya uchun ham Markaziy Osiyo bozori qaysidir jihatdan manfaatli bo‘lishi mumkinmi, degan savoliga yaponiyalik ekspert shunday javob berdi:
«Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalarida azaldan asosiy urg‘u Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlariga qaratib kelinadi. Biroq Yaponiya Markziy Osiyo davlatlaridagi o‘zaro manfaatli loyihalarga investitsiyalar kiritishi mumkin. Buning uchun izlanish va muzokaralar kerak».
Mavzuga oid
15:42 / 11.07.2024
Yaponiyada odamlarni kuniga kamida bir marta kulishga chaqiruvchi qaror qabul qilindi
13:53 / 10.07.2024
Bir surat tarixi - Nagasakida atom bombasi tashlanganda o‘lgan ukasini krematoriyga topshirish uchun navbatda turgan bola kim edi?
19:59 / 09.07.2024
Yaponiya va Turkiya hamkorligida Samarqandda 300 mln dollarlik ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi quriladi
08:18 / 06.07.2024