Yaponiyaning “Daito Trust Construction” korporatsiyasi quriliş sohasida kadrlar tayyorlaşda Özbekiston bilan hamkorlik qilişni rejalaştirmoqda. Özbekiston elçisi Muhsinxöja Abduraxmonov va “Daito Trust Construction” korporatsiyasi prezidenti Kei Takeuçi örtasida uçraşuv bölib ötgan. Bu haqda Yaponiyaning “Nikkei Shimbun” naşriga tayanib “Dunyo” AA xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, uçraşuvda “Daito Trust Construction” korporatsiyasining Özbekiston bilan quriliş, arxitektura, investitsiya sohalarida loyihalarni amalga oşiriş, quriliş-arxitektura loyihalariga yapon texnologiyalari va investitsiyalarini olib kiriş, hamda quriliş-arxitektura va muhandislik sohalarida mamlakatimizda yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş va ularni yapon korporatsiyasida malakasini oşiriş, stajirovkalar taşkil etiş va işga joylaştiriş masalalari muhokama qilingan.

Naş joriy yildan boşlab “Daito Trust Construction” quriliş sohasida xorijlik işçilarni yollaşni boşlaşini yozgan. Dastlab, kompaniya Özbekistondagi davlat universitetlarida tahsil olgan önga yaqin malakali işçilarni qabul qilişni rejalaştirgan. Ular uçun mahalliy xodimlarga yaratilgani kabi bir xil mehnat şaroitlari yaratiladi.

Qayd etilişiça, joriy yilning sentabr oyida kompaniya Özbekistonda nomzodlar bilan suhbat ötkazişni rejalaştirgan. Yaponiyaga borgaç, özbekistonlik işçilar olti oy muddat yapon tilini örganadi va bu vaqt içida kompaniya mamlakat hayotiga moslaşiş uçun zarur yordamni körsatadi. 2025 yilning aprel oyidan boşlab ular yaponiyalik mahalliy xodimlar kabi öquv dasturlarida iştirok eta boşlaydi.

Özbekistonlik işçilar uy-joy bilan ta’minlanişi, ular kompaniyaning Tokiodagi filiallarida quruvçi-usta sifatida işlaşi bildirilgan. Özbekiston vakillarining asosiy vazifasi tört yil içida davlat quriliş muhandisligi va arxitekturasi yönalişida 1-darajali malakali işçi maqomini oliş ekanligi aytilgan.