Xitoy Osiyo-Tinch okeani mintaqasida AQSh raketalari joylashtirilishiga qarshi chiqdi
Xitoy Osiyo-Tinch okeani mintaqasida AQShning o‘rta masofaga mo‘ljallangan yerusti raketalari joylashtirilishiga qarshilik bildiradi, dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ma Chjaosyuy.
"AQSh Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘rta masofaga mo‘ljallangan yerusti raketalarini joylashtirish rejasi haqida ma'lum qildi. Agarda bu amalga oshadigan bo‘lsa, bu Xitoy va Rossiya uchun jiddiy tahdid bo‘ladi, biz voqealar rivojini diqqat bilan kuzatmoqdamiz va bu harakatlarga qarshimiz", - dedi u.
U "Xitoy Osiyo-Tinch okeani mintaqasida AQSh raketalari joylashtirilishiga qarshi" ekanligini ta'kidladi.
"Agarda AQSh ana shunday harakatni amalga oshiradigan bo‘lsa, Xitoy o‘z milliy xavfsizligini ta'minlash uchun zarur choralarni ko‘rishi"ni aytdi.
Mavzuga oid
11:20 / 19.09.2024
Shimoliy Koreya yana raketa sinovlarini o‘tkazdi
09:48 / 12.09.2024
Shimoliy Koreya yana ballistik raketalar uchirdi
14:42 / 10.09.2024
Yevroittifoq Eron Rossiyaga raketalar bergani haqidagi ma’lumotni o‘rganmoqda
08:43 / 03.09.2024