O‘zbekistonning barcha shaharlarida soat 16:40 atrofida yer silkinishlari sezildi.
Bugun, 20 dekabr kuni Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berishicha, yer qimirlashi Toshkent shahridan 524 kilometr janubda, soat 16:39da yuz bergan.
Zilzila magnitudasi 6,5, chuqurligi 202 kilometrni tashkil etgan.
Yer osti silkinishlari kuchi Surxondaryoda 4 ball, Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiyda 3 ball, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda 2 ballni tashkil etgan.