13:00 / 30.12.2019
21031
Reklama

«Turonbank» ATBning zamonaviy bank xizmatlari ofisi yana bittaga ko‘paydi

Foto: Turonbank

Qulaylik, sifatli va tezkor xizmat hamda shinam interer dizayni. Bank – moliya sohasida o‘ttiz yillik tajribaga ega «Turonbank» ATB tomonidan Respublikaning barcha tuman va shaharlarida yangidan tashkil etilayotgan zamonaviy qiyofadagi «Bank xizmatlari ofis»lariga mana shunday ta'rif berish mumkin. Rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitiga tayyor bo‘lgan mazkur ofislar, aholining har qanday talabiga to‘liq javob berib, vaqt va mablag‘ning ortiqcha sarflanishiga chek qo‘yishi bilan ahamiyatlidir.

Hozirga qadar shunday ofislarning o‘ntasini xalq xizmatiga topshirgan «Turonbank» ATB uning o‘n birinchisini Xorazim viloyati Urganch tumanida ishga tushirib, odamlarning uzog‘ini yaqin, mushkulini esa oson qildi. Yangi ofis yaqindagina ish boshlagan tumandagi davlat xizmatlari markazi binosining qoq markazida qad rostladi. Endi moliya muassasasi bilan bog‘liq har qanday hujjatlarning yuritilishi bir shu yerning o‘zida amalga oshadi. Bundan tashqari, hududda «Urganch» buyum bozori, Urganch Davlat universiteti va ko‘plab xizmat ko‘rsatish korxonalarining mavjudligi esa ham bank uchun ham fuqarolar uchun manfaatli bo‘ladi.   

Aytish kerak, ofisda malakali bank xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli moliyaviy va konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi. Xususan, ofisda hisob raqam va plastik kartalar ochish, kredit olish uchun ariza berish, omonatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini bajarish mumkin. Zamonaviy bankomat va infokiosklar 24/7 rejimida ishlaydi.

Shuningdek, ushbu ofislar orqali «Turonbank» ATB mijozlar uchun maxsus «Markaz» nomli tarif rejasini ham ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, barcha «Bank xizmatlari ofislari»ning yangi mijozlari uchun «debet» aylanmadan undiriladigan xizmat haqi bir yil davomida bepul etib belgilandi, ya'ni 0%.

Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz rahbarining «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida «Turonbank» ATB shu kabi zamonaviy ofislarning sonini yanada ko‘paytiradi.

Ma'lumot uchun telefon: (+998) 95 144-60-00

Sayt: turonbank.uz

Telegram: t.me/turonbankuz

Facebook: fb.com/turonbank

«Turonbank» ATB Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top