Bugungi globallaşuv va yangi avlod texnologiyalari soniya sayin taraqqiy etib borayotgan tezkor davrda, zamonaviy fikrlaydigan va intellekti çarxlangan kadrlarni tayyorlaşga bölgan e’tibor oşmoqda. Jahon mehnat bozoridagi tendensiyalar esa bu boradagi eng töğri yeçim inson tafakkuri ya’ni “IQ” darajasini rivojlantirişga investitsiya kiritiş ekanini işbotlayapti.

Ayni şu ma’noda sönggi yillarda mamlakatimizdagi ta’lim dasturlarini yangilaş, yoşlarni kasbga tayyorlaş uslublarini özgartiriş va ularning mantiqiy bilimlarini yanada oşirişga qaratilgan qator loyihalar amalga oşirilmoqda. Xususan, ayni vaqtda şaxsan Davlatimiz rahbarining e’tiborida trendga çiqib borayotgan intellektual öyinlar sözimizga isbotdir. U nafaqat talabalar balki korxona va taşkilotlar xodimlari örtasida ham keng ommalaşyapti.


Ahamiyatlisi şundaki, mazkur yönalişni huquqiy jihatdan qöllab–quvvatlaş böyiça Prezidentning “Zakovat intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantiriş va boşqa intellektual öyinlarni rivojlantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ham qabul qilindi.


Zamonaviy “HR” tizimini qöllagan holda xodimlarning aqliy könikmalarini “Team building” metodlari orqali rivojlantirib kelayotgan “Turonbank” ATB “Turonbank – intellekt” öyinlarini ötkazdi. Unda moliya muassasasining Respublika miqyosidagi barça markaz va ofislaridan qariyb mingga yaqin xodimlar 6 kişidan iborat jamoalarga bölingan holda özaro bahs olib borişdi.

Intellektul öyinlar “Quiz” formatida 8 raund va 60ga yaqin savollardan iborat böldi. Hududlarda yiğilgan jamoalar sonidan kelib çiqqan holda eng kuçli uçlikni egallaganlar final yöllanmasini qölga kiritişdi. Joriy yilning 26 dekabr sanasida esa qariyb bir oy davom etgan tafakkur bellaşuvlarining yakuniy bosqiçi, eng bilimdon, eng zakovatli va intellektual jihatdan eng kuçlilar aniqlandi. Tadbirni “Zakovat” öyinlarining bir neça karra çempioni Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi olib bordi.










