O‘zbekiston | 19:00 / 14.03.2024
16212
10 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Turonbank talabalarni o‘qish davridayoq mutaxassisga aylantirmoqda

Foto: Turonbank

Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarning rivojlanishi, ta’lim olishi va turli sohalarda tajriba orttirishi uchun keng shart-sharoitlar yaratilganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

2024 yil O‘zbekistonda «Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi yoshlarga bo‘lgan e’tibor yuqori darajada ekanligining tasdig‘idir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega, azmu shijoatli, tashabbuskor o‘g‘il-qizlarga tayanish bugungi davr talabidir.

“Turonbank” ATB ham o‘z faoliyati davomida tashabbuskor yoshlarni doim qo‘llab quvvatlaydi va ularning bilimlariga tayanadi. Bugungi kunda

Turonbankda umumiy hisobda 1520 nafar xodim mehnat qilayotgan bo‘lsa ularning 529 nafarini ya’ni 35%ini yoshlar tashkil etadi.

Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qiziqish va intilishlarini rag‘barlantirish, bilim hamda ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida Turonbank tomonidan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha maxsus strategiya ishlab chiqilgan.

Shijoatli yosh xodimlarning fikri bank faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olib, Turonbankda rahbar va yoshlar o‘rtasida doimiy uchrashuvlar tashkil etiladi. Unda yosh bankirlar o‘z g‘oya va tashbbuslari bilan bo‘lishadilar, bank faoliyatini rivojlantirishda mazkur g‘oyalar va yoshlarning fikri albatta inobatga olinadi.  

Laziz Usmonov “Turonbank” ATB Buhgalteriya hisobi departamenti mutaxassisi:

- Ishga 2023 yil yanvar oyida maxsus test va suhbat asosida qabul qilinganman. “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari mnstituti” Milliy Tadqiqot Universiteti talabasiman shuning uchun Turonbankda 0,5 stavkada faoliyat olib boryapman. Bu yerda meni juda iliq kutib olishdi, e’tiborli jihat shundaki, bu yerda biz kabi yoshlarni eshitishadi, ya’ni biz bemalol o‘z g‘oyalarimiz va fikrlarimizni bildira olamiz hamda ular inobatga olinadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan oliy ta’lim - ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro integratsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, soddaroq qilib aytganda, yirik ta’lim klasterini yaratish bo‘yicha tashabbuslari ham Turonbankda amalga oshirilyapti. “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori esa mazkur jarayonlarda dasturilamal bo‘lmoqda.

Misol uchun 2022 yildan xodimlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Turonbank stipendiyasi” loyihasiga start berildi. Ayni tashabbus doirasida moliya va iqtisodiyot yo‘nalishida ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan bir nechta oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hozirga qadar 200 nafarga talaba “Turonbank stipendiyasi” sohibiga aylandi. Ular har oy maxsus stipendiyaga ega bo‘ladi, shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga esa to‘lov kontraktlari ham to‘lab beriladi. Talaba nafaqat nazariy bilimlarni egallashi balki amaliyotni ham mustahkamlashi lozimligi inobatga olingan, shuning uchun talabalar ta’limning 3 bosqichidan boshlab Turonbankda ishlash imkoniyatiga ham ega. Ular bankda o‘tkaziladigan turli tadbirlarda ham faol ishtirok etishadi. Misol uchun Termiz Davlat universitetining 2 bosqich talabasi Jahongir Odinayev ham “Turonbank stipendiyasi” sohibi va u oliygohdagi darslaridan bo‘sh vaqtida “Turonbank” ATB Surxondaryo Bank xizmatlari markazida ish o‘rganish uchun ham vaqt topadi.  

Jahongir Odinayev - “Turonbank stipendiyasi” sohibi:

- Men 2022 yil Termiz Davlat universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilinishim bilan birga “Turonbank stipendiyasi” sohibi ham bo‘ldim. Bundan nafaqat men, balki ta’lim olishim uchun katta e’tibor qaratadigan otam juda xursand bo‘ldilar. Turonbank bizga stipendiya taqdim etishdan tashqari, ish o‘rganishimiz, bankda o‘tkaziladigan turli tadbirlarda ishtirok etishimiz uchun ham shart-sharoitlar yaratib bermoqda. Ayniqsa men uchun quvonarli bo‘lgan holat “Turonbank intellekt” o‘yinlarida ishtirok etganim bo‘ldi.

Jahongir kabi talabalar oliy ta’lim muassasasini tamomlagach Turonbankda

to‘liq ish bilan ta’minlanadilar.

Malakali kadrlar tayyorlash tizimini kompleks rivojlantirish maqsadida “Turonbank” ATB Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetida maxsus o‘quv eksperimental baza sifatida “Smart o‘quv xonalar”ni ham yo‘lga qo‘ygan. Ushbu xonalarda Bankning yetuk mutaxassislari ochiq darslar o‘tkazib amaliyotdagi ish uslublari bilan talabalarni yaqindan tanishtiradi. Bu albatta nazariya va amaliyotning ijobiy uyg‘unlashishiga katta hissa qo‘shyapti.

Shuni ham qayd etish lozimki, “Turonbank” ATB birinchilardan bo‘lib respublikamizdagi moliya va iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan uchinchi bosqich talabalarini maxsus test sinovlari asosida ishga jalb etishni ham yo‘lga qo‘ygan. Mazkur loyiha doirasida talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, tajriba oshirish, muayyan maosh olish va o‘qishni tamomlagach moliya muassasida faoliyat olib borish imkoniga ega bo‘ldi. Mazkur loyiha doirasida ishga qabul qilingan talabalar hozirgi kunda rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. Bunga “Turonbank” ATB Operatsion departamenti Valuta operatsiyalarini kuzatish bo‘limi boshlig‘i Alijon Islomovni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Alijon Islomov “Turonbank” ATB Operatsion departamenti Valuta operatsiyalarini kuzatish bo‘limi boshlig‘i:

- Men Moliya institutining 4-bosqich talabasi bo‘lgan paytim maxsus test hamda suhbatlardan o‘tib “Turonbank” ATBga 0,5 stavkaga  ishga qabul qilinganman. E’tiborlisi ishga qabul qilinishim bo‘yicha buyruq bir kunda chiqqan. Turonbank mening to‘lov kontraktimni ham to‘lab bergan. Bu bankda ishlayotganimdan mamnunman, bilimga chanqoq intiluvchan yoshlar Turonbankda qo‘llab quvvatlanadi, yosh bo‘lsangiz ham qo‘lingizdan ish kelsa sizga imkoniyat beriladi, imkoniyatdan unumli foydalanish esa xodimlarning o‘ziga bog‘liq.

Bundan tashqari Turonbankda yoshlarning bilim va ko‘nikmalari hamda intellektul salohiyatlarini oshirish maqsadida turli seminarlar, amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro toifadagi mutaxassislar tomonidan xodimlarning amaliy ko‘nikmalari oshirilib boriladi. Xodimlarning xorijiy tillarni bilish darajasini yanada yuksaltirish maqsadida esa Turonbank O‘quv markazida maxsus kurslar ham yo‘lga qo‘yilgan.  

Hamida Rahimova “Turonbank” ATB Muammoli aktivlar bilan ishlash departamenti mutaxassisi:

- Men 2022 yil mart oyida 4-kursni tugatayotgan paytim “Turonbank” ATB Yunusobod bank xizmatlari markaziga ishga qabul qilinganman. 2 yildan buyon ushbu bankda ishlab juda ko‘p tajriba orttirdim, mehnat faoliyatim davrida ko‘plab hamkasblarim orasida o‘z o‘rnimni egalladim. Ayni dam “Turonbank” ATB Bosh ofisida o‘z mehnat faoliyatimni olib boryapman. Bankda biz kabi yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar e’tiborga loyiqdir, biz o‘z bilimimiz va tajribamizni oshirishimiz uchun turli seminarlarda ishtirok etamiz.

- Yosh xodimlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va jamoaviy birdamlikni ta’minlash bo‘yicha “Team building” formatidagi seminar – treninglar ham doimiy tarzda o‘tkaziladi. Unda Xalqaro moliya korporatsiyasining tajribali ekspertlari hamda bankning yetuk mutaxassislaridan tashkil topgan maxsus guruh, yoshlarning shaxsiy va sohaviy rivojlanishlariga ko‘mak berib kelmoqda.

Shu bilan birga zamonaviy “HR” tizimini qo‘llagan holda xodimlarning aqliy ko‘nikmalarini “Team building” metodlari orqali rivojlantirish yo‘lida “Turonbank - intellekt” o‘yinlarini o‘tkazish ham yo‘lga qo‘yilgan. Unda moliya muassasasining Respublika miqyosidagi barcha markaz va ofislaridan xodimlar ishtirok etib mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini charxlab borishadi.

Shuningdek, Turonbankning iqtidorli o‘g‘il – qizlari xorijda malaka oshirishlari uchun ham imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, Germaniya, BAA, Janubiy Koreya, Chexiya, Xitoy, Turkiya va boshqa qator rivojlangan davlatlardagi nufuzli ta’lim dasturlarida ishtirok etishlari ta’minlanmoqda.

Shuni ham aytib o‘tish lozim, Turonbankda yoshlarning nafaqat intelletual salohiyatini oshirish balki ularning jismonan va aqlan sog‘lom bo‘lishlari uchun ham turli sport musobaqalari, jumladan shaxmat-shashka, stol tennisi, futbol va suzish sport turi bo‘yicha turnirlar o‘tkaziladi.

Ishonamizki, bu kabi keng qamrovli loyihalar yaqin kelajakda albatta o‘z samarasini beradi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishida yaxlit klaster tizimi rivojlantiriladi.  

Reklama

Mavzuga oid