Viloyatdagi barcha xususiy va davlat muassasalari yopilgan. Faqat favqulodda xizmatlar, muhim infratuzilma obektlari, dorixona va yonilg‘i quyish shoxobchalari ishlamoqda.
Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi koronavirus tarqalishi sababli Al-Qatif viloyatiga kirish-chiqishni vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda vazirlikdagi manbasiga tayanib SPA agentligi xabar berdi.
Manbaning ma'lumot berishicha, ehtiyot chorasi sifatida va Al-Qatifda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 12ta holat qayd etilgani sababli kirish va chiqish vaqtincha taqiqlangan.
Shu bilan birga, aniqlik kiritilishicha, viloyat aholisiga o‘z uylariga qaytishga ruxsat beriladi. Barcha xususiy va davlat muassasalari yopilgan. Faqat favqulodda xizmatlar, muhim infratuzilma obektlari, dorixona va yonilg‘i quyish shoxobchalari ishlamoqda.
8 mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 105 ming kishidan oshgan, 3,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.