Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors avtomobillar narxini oshirdi
UzAuto Motors yengil avtomobillarning yangi narxlarini e'lon qildi. Narxlar turli mashinalar kesimida 15-20 foiz atrofida oshgan.
Foto: KUN.UZ
Xususan, Damas va Spark 21 foizgacha, Nexia, Cobalt va Lacetti 15 foizgacha oshirilgan. Yuqori narx segmentidagi avtolar - Malibu 2, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe narxlari o‘zgartirishsiz qoldirilgan.
Yangi narxlar kompaniya rasmiy saytida e'lon qilindi.

Avvalgi narxlar bilan solishtirilsa, Chevrolet Damas VAN narxi 21 foizga oshgan (avvalgisi - 62 750 539).
Shuningdek, Damas DLX ham 21 foizga qimmatladi (eski narxi - 64 696 586). Damas LABO 11 foizga oshdi (71 349 654).
Chevrolet Spark LS M/T narxi 10 foizga (oldingisi - 66 602 502), Spark LT A/T esa 21 foizga ko‘tarildi (avvalgisi - 76 745 952).
Chevrolet Nexia LT M/T 15 foizga (avvalgi narxi - 75 930 613), Nexia LTZ A/T 19 foizga (avvalgi narxi - 89 062 015), Nexia LT M/T Optimum Plus 15 foizga (avvalgi narxi - 78 189 036), Nexia LTZ A/T Elegant Plus 19 foizga qimmatladi (avvalgi narxi - 91 320 438).
Chevrolet Cobalt LT s/k narxi 10 foizga (avvalgi qiymati - 87 060 777), Cobalt LTZ A/T 14 foizga ko‘tarildi (avvalgi narxi - 100 777 630).
Chevrolet Lacetti 3 foizga (avvalgi narxi - 111 116 080), Chevrolet Lacetti (GBO) SX 3 foizga (avvalgi narxi - 119 696 350), Chevrolet Lacetti CDX A/T Elegant Plus 3 foizga qimmatladi (oldingi narxi - 134 104 347).

Eslatib o‘tamiz, «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov 2018 yilning yozida kelgusida butlovchi qismlar narxlari tushirilishi orqali avtomobillar narxi ham arzonlashishini va'da qilgandi.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023