Karantin davrida xodimlarni uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi ochiqlandi
Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Nizom tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli hamda idoraviy mansubligidan qat'i nazar, barcha tashkilotlar va ularning xodimlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Nizomga muvofiq koronavirus pandemiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar amalga oshirilayotgan davrda ish beruvchilar xodimlarning roziligi bilan masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tkazishlari mumkin.
Masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tishda imtiyozli huquqqa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.
Masofadan ish – xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan mehnat majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘lgan doimiy ish joyi, hudud yoki obektdan tashqarida bajariladigan ish.
Masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazish mehnat shartlarining o‘zgarishi hisoblanadi. Masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazishda vaqtinchalik ishga o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan buyruq chiqariladi.
Masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlar asos bo‘ladi. Xodim va ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni imzolash ushbu o‘zgartirishlarga taraflarning roziligi hisoblanadi.
Masofaviy ishga o‘tkazish yuzasidan xodim bilan tuzilgan qo‘shimcha mehnat shartnomasiga Mehnat kodeksining 73-moddasida nazarda tutilgan shartlar bilan bir qator quyidagi shartlarni kiritish tavsiya etiladi:
ish beruvchi va xodim o‘rtasida elektron hujjat almashinuvi bo‘yicha o‘zaro aloqalari tartibi;
xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish tartibi, agar tomonlar tarafidan xodimga tegishli jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv mavjud bo‘lmasa;
ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini ta'minlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan ta'minlash, shu jumladan, Internetga kirish;
ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, yetkazilgan zararni xodim tomonidan ish beruvchiga qoplab berish bilan bog‘liq shartlar;
xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va/yoki texnika vositalariga, shuningdek, aloqa vositalari, shu jumladan Internetdan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari;
xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;
xodimni ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda doimiy ish joyiga qaytarish shartlari.
Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi elektron hujjat almashish yo‘li orqali aloqalar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Xodim ish vaqtining davomiyligi, ish jadvali va tartibini ishlab chiqarish topshirig‘ining hajmi va mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydi.
Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi. Unga nisbatan ish vaqtidan tashqari ish, dam olish va bayram kunlaridagi ish, shuningdek, tungi vaqtdagi ish uchun mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llanilmaydi.
Masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazilgan xodimning mehnatiga haq to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
mehnatga haq to‘lashdagi soatbay asosida – xodimning masofaviy ishga o‘tkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi (lavozim okladi)dan kelib chiqqan holda;
mehnatga haq to‘lashdagi ishbay asosida – o‘rnatilgan narxlardan kelib chiqqan holda.
Xodimni masofaviy ishga o‘tkazilganda uning ta'tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta'tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonunchilikda va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlar saqlanib qolinadi.
Ish vaqti rejimining o‘zgarishi, shu jumladan ishning boshlanishi va tugash vaqti, shuningdek, to‘liqsiz ish vaqtining o‘rnatilishi mehnat sharoitining o‘zgarishi hisoblanadi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Xodimni moslashuvchan ish grafigiga vaqtinchalik o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqqa ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlar asos bo‘ladi. Xodim va ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni imzolash ushbu o‘zgartirishlarga taraflarning roziligi hisoblanadi.
Moslashuvchan ish grafigiga vaqtinchalik o‘tkazish quyidagilarni nazarda tutishi mumkin:
xodimga to‘liqsiz ish vaqti – to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasini belgilash (Mehnat Kodeksining 119-moddasi);
qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi doirasida xodimning ishi boshlanishi va tugash vaqtlarini (Mehnat Kodeksining 115-118-moddalari) belgilash, shuningdek, boshqa xodimlar uchun o‘rnatilgan ichki mehnat tartibi qoidalaridan farqli ravishdagi ishdagi tanaffuslar vaqti va davomiyligi.
Moslashuvchan ish grafigiga vaqtinchalik o‘tkazish yuzasidan xodim bilan tuzilgan qo‘shimcha mehnat shartnomasiga quyidagilar ko‘rsatiladi:
to‘liqsiz ish vaqtida – ishning boshlanish va tugash vaqti ko‘rsatilgan kunlik ish soatlari yoki haftalik ish kunlari miqdori;
ish vaqti rejimi o‘zgarganda – ishning kunlik boshlanish va tugash vaqti, shuningdek, smenali ishda ishlanadigan va ishlanmaydigan kunlarning navbati.
Xodimni to‘liqsiz ish vaqtiga vaqtinchalik o‘tkazilishida:
mehnatga haq ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda to‘lanadi;
mehnat ta'tilining davomiyligi saqlab qolinadi.
Xodimning xohishiga ko‘ra va ish beruvchining roziligi bilan xodim vaqtinchalik uyda ishlashi uchun uy mehnati sharoitiga o‘tkazilishi mumkin.
Uyda ishlash – tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodim yashash joyi bo‘yicha yoki unga yoki uning oila a'zolariga tegishli bo‘lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalari bo‘yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishni anglatadi.
Xodimni vaqtinchalik uyda ishlashga o‘tkazish qo‘shimcha mehnat shartnomasiga asosan ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Uyda ishlashni tashkil etishga, xodimning yashash joyidagi mehnat shartnomasiga muvofiq uyda ishlashni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan binolar, shu jumladan turar-joy binolari bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Qo‘shimcha mehnat shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
xodimning mehnat majburiyatlari, ya'ni mutaxassislik, malaka, shuningdek, uyda ishlovchi xodim bajarishi lozim bo‘lgan ish turlari;
jihozlar, inventarlar, butlovchi mahsulotlar, xom-ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek, xodimlar tomonidan o‘z mehnat vazifalarini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish binosi taqdim etish tartibi;
xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;
xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishda shaxsiy jihozlari, asboblari va inventarlarining ishlatilishi, shuningdek, xodimning mehnat qilishi munosabati bilan energiya, suv, aloqa uchun xarajatlarini qoplash bo‘yicha shartlari va tartibi.
Qo‘shimcha mehnat shartnomasida qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Uyda ishga o‘tkazilgan xodimning mehnatiga haq to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
mehnatga haq to‘lashdagi soatbay asosida – xodimning uyda ishga o‘tkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi (lavozim okladi)dan kelib chiqqan holda;
mehnatga haq to‘lashdagi ishbay asosida – o‘rnatilgan narxlardan kelib chiqqan holda.
Uyda ishlashga o‘tkazilgan xodimning ta'tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta'tili huquqi saqlanib qolinadi.
Mavzuga oid
19:31 / 14.11.2024
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
15:53 / 07.11.2024
Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
11:30 / 31.10.2024
Uch hududda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
07:50 / 26.10.2024