Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch hududda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
Samarqand viloyatining Payariq, Jizzax viloyatining G‘allaorol hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Payariq tumanida fuqarolar S.Sh. (muqaddam sudlangan) va D.E. o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, AQShga ishga yuborishni va’da qilgan.
Buning uchun 18 ming dollar xarajat qilganini aytib, evaziga X.A.ning Tohirshayx mahallasida joylashgan uy-joyini firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirib olgan.
Shuningdek, G‘allaorol tumanida muqaddam sudlangan M.I. fuqaro O.P.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga 12,6 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Yashnobod tumanida fuqarolar M.O. va D.A. fuqaro T.B.ning ishonchiga kirib, unga Yaponiyaga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytgan. Buning evaziga 2,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025