O‘zbekiston | 13:45 / 20.04.2020
34281
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon tillari universiteti rektori boshqa ishga o‘tkazildi

G‘anisher Rahimov Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori sifatida ish boshladi

Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, G‘anisher Xudoyqulovich Rahimov Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. 

Shu munosabat bilan G‘.Rahimov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining rektori lavozimidan ozod qilindi.

2020 yilning 16 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan bu haqdagi tegishli hujjat imzolandi.

Prezidentning 2020 yil 17 apreldagi PQ-4681-son qarori  bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi. 

Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida:

tadbirkorlarning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda tadbirkorlik va boshqaruv, pedagogika va aniq fanlar hamda mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiq boshqa sohalar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlarga muvofiq sifatli tayyorlash;

yetakchi xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar uchun qo‘shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;

kadrlar tayyorlash jarayoniga ilg‘or ta'lim texnologiyalari, shu jumladan masofaviy o‘qitish uslublarini joriy etish;

o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, ilm-fan, ishlab chiqarish va amaliyot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda respublika va xorijiy yetakchi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish;

yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, mutaxassislarni jalb etgan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo‘lgan tarmoqlari uchun kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;

respublika va xorijiy oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga istiqbolli yoshlarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish kabilar belgilandi.

Mavzuga oid