O‘zbekiston | 12:34 / 03.05.2020
9415
1 daqiqa o‘qiladi
Andijonning barcha tumanlaridan Sirdaryoga jami 17ta yuk mashinasida yordam jo‘natildi
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida avariya ro‘y berishi oqibatida jabrlangan fuqarolar uchun andijonliklar tomonidan ikkinchi marta insonparvarlik yordami yuborildi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, sirdaryolik yurtdoshlar uchun Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan barcha tumanlar hissasini qo‘shgan, jami qiymati 4 mlrd so‘mni tashkil etadigan navbatdagi insonparvarlik ko‘magi yuborildi.
17ta yuk mashinasiga ortilgan ko‘mak karvonida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, sanitar-gigiyenik hamda tibbiy vositalar, birlamchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan anjomlar mavjud.