Jahon | 16:15 / 07.05.2020
6911
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh ekspertlari koronavirus sababli odamlarni izolyatsiya qilishga qarshi chiqishdi

Ekspertlar toza havoda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish foydali ekanligini ta'kidlamoqda.

Foto: TASS

AQShdagi sog‘liqni saqlash sohasi ekspertlari odamlarning koronavirusga chalinish ehtimoli binolar ichidan ko‘ra tashqarida kamroq bo‘ladi degan fikrda. Bu haqda The Hill yozmoqda.

"Parklar, plyajlarda odam ko‘p bo‘lmasa, u yerlarda sayr qilgan yaxshi. Tabiatdan zavq oling. Bu biz uchun ham yaxshi va virus tarqalishi xavfi juda kam bo‘ladi", - dedi AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining sobiq direktori Tom Friden.

"Tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, harorat yuqori bo‘lgan vaqtda ko‘chada faol harakatlanish cheklangan bino ichida o‘tirishdan ko‘ra kamroq xavf soladi", - dedi o‘z navbatida AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi sobiq rahbari Skott Gotlib. 

"Biz izolyatsiyani noma'lum muddatgacha cho‘za olmaymiz. Bu ruhan va iqtisodiy jihatdan amalga oshirib bo‘lmaydigan ish", - dedi Boston universiteti jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi professori Eleanor Myurrey.

Ekspertlar toza havoda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish foydali ekanligini ta'kidlamoqda.

Worldometer sayti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 1,26 mln kishidan oshgan, 74 809 kishi vafot etgan. 

Mavzuga oid