Ohangaronda yonida giyohvandlik vositasi saqlab yurgan angrenlik yigit qo‘lga tushdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 25 aprel kuni soat taxminan 16:20larda Toshkent viloyatining Ohangaron tumani IIB xodimlari tomonidan koronavirusga qarshi karantin tadbiri o‘tkazilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, uning davomida Ohangaron tumani Susam mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan ketayotgan, Angren shahrida yashovchi fuqarolar 34 yoshli R.Z., 33 yoshli A.B. va 39 yoshli S.M. shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida to‘xtatilib, ikki nafar xolislar ishtirokida tekshirilganda R.Z.ning yonidagi jigarrangli sumkasi ichida qora rangli polietilen paketda ho‘l holatda yashil rangli o‘tkir hidli o‘simlik borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro R.Z.dan olingan modda “marixuana” deb atalishi va uning sof og‘irligi 2 034 grammni tashkil etishi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.Z., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:37 / 24.09.2024
Toshkent viloyatida 9 kishining nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirgan MChJ rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:30 / 24.09.2024
18 kgdan ziyod sintetik giyohvandlik moddasini olib kirishga urinish fosh qilindi
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
15:00 / 07.09.2024