Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 kgdan ziyod sintetik giyohvandlik moddasini olib kirishga urinish fosh qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovut-ota” chegara bojxona postida sof og‘irligi 18 kgdan ziyod sintetik giyohvandlik moddasini olib kirishga urinish fosh etildi.
“Dovut-ota” chegara bojxona posti, boshqarmaning tezkor tuzilmalari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda aniqlangan mazkur holatda respublikaga kirib kelgan Lada Largus rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida avtotransport yukxonasidagi 2 dona ovoz kuchaytirgich bojxona xodimlarining diqqatini tortdi. Boisi qurilmalarning ichiga yot jismlar joylangan ekan.

Xolislar ishtirokida ushbu kolonkalar ochib ko‘rilganida, ularning ichida 36 dona polietilen o‘ramlar mohirlik bilan yashirilganligi fosh bo‘ldi.
O‘ramlardagi oq rangli, o‘tkir hidli, kukunsimon moddalar esa Markaziy bojxona laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra 18 kg 97 gr og‘irlikdagi "mefedron" sintetik giyohvandlik moddasi bo‘lib chiqdi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mefedron O‘zbekistonda muomalada bo‘lishi taqiqlangan giyohvand moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
23:36 / 29.04.2026