Odamlar koronavirusga vaksina paydo bo‘lganida ham sayohatga kamroq chiqishni rejalashtirmoqda
Respondentlar samolyotga chiqish, ko‘chada ovqatlanish, jamoat transportida yurish va kinoga borishni kamaytirishlarini aytishgan.
Kekst CNC konsalting kompaniyasi AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va Yaponiya aholisi orasida so‘rov o‘tkazib, koronavirusga qarshi vaksina paydo bo‘lganidan so‘ng ularning hayotida qanday o‘zgarishlar bo‘lishiga qiziqdi. So‘rovda qatnashgan har beshinchi kishi endi avvalgi hayotiga qaytmasligini aytgan, deb yozadi Axios nashri.
Respondentlar samolyotga chiqish, ko‘chada ovqatlanish, jamoat transportida yurish va kinoga borishni kamaytirishlarini aytishgan.
Inqiroz sababli ishini yo‘qotishdan eng ko‘p qo‘rqadiganlar AQShda, qo‘rqmaydiganlar esa Shvetsiyada ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Hukumatning pandemiya davridagi harakatlaridan eng kam qoniqayotganlar yaponlar bo‘ldi. Ular iqtisodiyotning inqirozga uchrashi va ishlaridan ayrilishlarini kutishmoqda (39 foiz).
Nemislarning 51 va britaniyaliklarning 65 foizi hukumat biznesni zarur darajada qo‘llab-quvvatlamoqda degan fikrda bo‘lsa, yaponlarning 13 foizigina ana shunday fikrda. Hukumat ko‘rayotgan choralardan amerikaliklarning 44, shvetsiyaliklarning 40 foizi qoniqish hosil qilmoqda.
Ishini yo‘qotganlar kamligi bo‘yicha Buyuk Britaniya (ishtirokchilarning 7 foizi), Germaniya (8 foiz) va AQSh (19 foiz) yetakchi.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022