Jahon | 20:36 / 25.05.2020
67673
5 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda ishlab chiqilgan vaksinaning xavfsizligi isbotlandi

Hozirda dunyoning ko‘plab tadqiqotchilari Covid-19’ni keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi vaksina ustida ish olib borishyapti. The Lancet tibbiyot jurnalida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, xitoylik olimlar tomonidan tayyorlangan vaksina xavfsiz ekani aniqlandi.

108 nafar sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokida 28 kun davom etgan sinovlardan keyingi natijalar umidbaxsh ekani aytilgan. Vaksinaning xavfsizligigi namoyish etilganidan tashqari, u ko‘ngillilarda antitanachalar va T-limfotsitlarni xosil qilishi qayd etilgan. Bu ijobiy natija, biroq vaksinani ommaviy ravishda ishlab chiqarish va pandemiyani tugatgunga qadar katta yo‘lni bosib o‘tish lozim.

Pekin universiteti tadqiqotchilari Covid-19’ga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish jarayonida

Vaksina ishlab chiqish poygasi

Koronavirus inqiroziga yakun yasaydigan yoki hech bo‘lmaganda uning oqibatlarini yumshatadigan vaksina ishlab chiqish poygasi o‘zining ilk natijalarini bermoqda. Yaqinda Amerika tomonidan ishlab chiqilgan vaksina 45 nafar ko‘ngillida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida gapirilgandi. Endi esa Xitoy tomonidan tayyorlangan vaksinaning xavfsizligi ma'lum qilinmoqda.

Bundan taqshari, natijalar ishtirokchilarning kamida 8 nafarida infeksiyani neytrallashtira oladigan, kasallikni yenggan bemorlarda aniqlangan miqdordagi va undan ham ko‘p bo‘lgan antitanalarni ko‘rsatdi. Pekin biotexnologiya instituti va Xitoyning Cansino Biologics kompaniyasi jamoasi tomonidan olingan barcha ma'lumotlar ilmiy hamjamiyat tomonidan o‘rganilishi uchun The Lancet jurnalida e'lon qilindi.

Olingan ma'lumotlar yangi vaksinaning birinchi bosqichi natijalarini namoyish etadi. Lekin vaksina barcha Covid-19’dan himoya qilishini anglatmaydi. Ispaniya nashri El Pais’ning yozishicha, loyiha rahbari Vey Chen barcha uchun vaksinani olish imkoniyati mavjud bo‘lishi zaruriyati haqida ogohlantirgan. Aprel oyidan boshlab xitoylik olimlar 500 nafarga yaqin ishtirokchilarda sinovlarning ikkinchi bosqichini o‘tkazishmoqda.

Agar barchasi ijobiy davom etsa, yoz oylarida vaksina ommaviy ravishda qo‘llash uchun mos kelishini aniqlaydigan uchinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi bosqich davomida tadqiqotga Covid-19 uchun eng xavfli guruh – 60 yoshdan katta kishilar ilk marta kiritiladi.

Bugungi kunning asosiy savoli – qanday qilib sayyoraning butun aholisini koronavirusga qarshi vaksina bilan ta'minlash mumkinligidir

Xitoy vaksinasining o‘ziga xosligi nimada?

Yangi vaksina ORVI chaqiruvchi, biroq laboratoriya sharoitlarida kuchsizlantirilgan tirik koronaviruslardan foydalangan holda tayyorlangan. Virus kasallik chaqirmagan holda odam hujayrasiga singish xususiyatiga ega ekani sababli tikanlar (toj)ni hosil qiluvchi oqsillarni bloklaydigan genetik materialni odam hujayrasiga kiritish uchun yetkazuvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu hujayralar sinalayotgan kishining immun tizimiga yetib boruvchi oqsilni ishlab chiqaradi, keyin esa unga koronavirusning tikansimon oqsillarini aniqlaydigan va infeksiya rivojlanishining oldini oladigan antitanachalarni yaratish imkonini beradi.

Aslida dunyoda pandemiya e'lon qilinganidan bor-yo‘g‘i bir necha oy o‘tgach, sinovlari odamlarda muvaffaqiyatli o‘tgan ikkita vaksinaning ishlab chiqilishi haqidagi fakt o‘zining tez sur'ati bilan kishini hayratga soladi. 2003 va 2006 yillarda avj olgan SARS va MERS koronaviruslariga qarshi vaksina hali ham ishlab chiqilmagani esa mazur natija naqadar muvaffaqiyatli ekanini ko‘rsatadi.

Surat 2020 yilning 19 fevral kuni olingan. Unda laboratoriya xodimlari Xenan provinsiyasi aholisidan olingan namunalarni sinovdan o‘tkazishmoqda.

Dunyo davlatlari ko‘magida farmatsevtik gigantlar patogenga qarshi samarali vaksina ishlab chiqish borasida turli strategiyalarni ilgari surish uchun milliardlab yevro ajratishga va'da berishdi. Hozirgi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishlab chiqish jarayonida bo‘lgan 100ta vaksinani ro‘yxatga olgan. Biroq eng katta muammo vaksinani ishlab chiqishda emas, sayyoramizda 7,6 mlrd kishi mavjudligi va vaksina ularning har biriga zarurligidadir. Bu holatda qancha doza vaksina kerak bo‘lishi aniq emas. Bir marta emlashning o‘zi yetarli bo‘ladimi yoki uni har yili takrorlash talab etiladimi? Biz mazkur vaksinalarning ishlab chiqarilish jarayoni qanday bo‘lishini bilmaymiz. Aytish joizki, ayrimlarning ishlab chiqarish jarayoni sodda bo‘lsa, boshqalari jiddiy yondashuvlarni talab qilishi mumkin.

Mavzuga oid