New Atlas ma’lumotlariga köra, Staphylococcus epidermidis bakteriyasi zararsiz bölsa-da, u odamlarda kasallikka qarşi kuçli immunitet javobini hosil qiladi. Olimlar uşbu bakteriyani qoqşol toksinini qöşib modifikatsiya qildi. Vaksina noinvaziv usulda olti hafta davomida siçqonlar boşiga surilgan. Natijada hayvonlarda qoqşolga qarşi sezilarli darajada köp antitanaçalar hosil bölgan.

S. epidermidis bakteriyasining modifikatsiyalangan şakli surilgan kemiruvçilarga qoqşol qözğatuvçisining öldiradigan dozasi yuborilganda ularda heç qanday belgilar kuzatilmadi. Hatto doza miqdori olti baravar kuçaytirilganda ham siçqonlar tirik qoldi. Vaksina surilmagan kemiruvçilar esa infeksiya tufayli nobud böldi.

Tajribalarning birida olimlar qoqşol toksinini difteriya toksini bilan almaştirganda, u ham siçqonlarda kuçli immun javobni yuzaga keltirdi.

Vaksinani noinvaziv usulda yuboriş oddiy emlaşlarda köp uçraydigan nojöya ta’sirlar, masalan inʼeksiya qilingan joyning yalliğlanişi xavfini kamaytiradi. Keyingi tadqiqotlarda emlaş kremini maymunlarda sinaş közda tutilgan. Agar sinovlarning uşbu bosqiçi muvaffaqiyatli ötsa, bir neça yildan söng odamlarda klinik sinovlar boşlanişi mumkin.

Avvalroq AQŞda kuçli qon ketişini bir neça soniyada töxtatadigan geldan foydalaniş boşlangandi.