O‘zbekiston Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasidan moliyaviy nazorat tizimini isloh qilishda yordam so‘ragan – Timur Ishmetov
Moliya vaziri Timur Ishmetovning aytishicha, O‘zbekiston Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasidan moliyaviy nazorat tizimini isloh qilishda yordam so‘ragan. Ayni paytda birlamchi ishlar boshlangan.
U bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2019 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot muhokamasi chog‘ida ma'lum qildi.
“Hozirgi paytda Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasidan O‘zbekistondagi moliyaviy nazorat tizimini isloh qilishda yordam berishini iltimos qilganmiz. Ayni paytda texnik ko‘mak ko‘rsatilib, birlamchi ishlar boshlandi. Qisqa muddatlarda davlat moliyasini nazorat qilish tizimini tubdan isloh qilish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Unga ko‘ra avvalambor har bitta vazirlikda bundan buyog‘iga ichki audit departamenti faoliyatini qayta ko‘rib chiqiladi. Buning uchun moliya vazirligi qoshida aynan ichki audit departamentlarining metodologiyasini ishlab chiqish, ularga yordam berish, shu faoliyatni qanday to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha moliya vazirligida metodologiya departamenti tashkil etiladi. Ularga o‘rgatmasdan turib yangi tashkil etilgan bo‘limlarning to‘g‘ri ishlashini ta'minlash qiyin”, deya Timur Ishmetovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Moliya vazirining ta'kidlashicha, vazirlik qoshidagi moliyaviy nazorat departamentining faoliyati ham qayta ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
07:22 / 24.06.2024
O‘zbekiston chiqindi gazlarni kamaytirgani uchun Jahon bankidan to‘lov qabul qilgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi
14:45 / 18.06.2024
JB: O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng haq to‘lanishini ta’minlash 700 ming kishini kambag‘allikdan chiqaradi
07:40 / 14.06.2024
Jahon banki O‘zbekistonga grant ajratdi
12:36 / 27.05.2024