Özbekistonda ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maoş olişini ta’minlaş 700 mingdan ortiq odamni kambağallikdan çiqarişga yordam beradi. Bu haqda Britaniya hukumati moliyaviy kömagida Jahon banki tomonidan tayyorlangan «Özbekistonda gender tengligi tahlili» hisobotida aytilgan.

Uşbu hisobot turli sohalardagi, jumladan, ayollarning ta’lim, soğliqni saqlaş, iqtisodiy faoliyatdan foydalaniş imkoniyati, ularni zöravonlikdan himoya qiliş, nikoh va ajralişlar bilan boğliq vaziyat, şuningdek, ayollarning mamlakat ijtimoiy hayotidagi iştiroki kabi vaziyatni tahlil qiliş orqali Özbekistonda gender tengligi masalalarini örganadi.

Özbekistonda yoş xotin-qizlar örtasida işsizlik darajasi 15,5 foizni taşkil etadi, bu yoş erkaklar örtasidagi 10 foizlik körsatkiçdan köproq. Ta’lim, iş yoki professional tayyorlovda bölmagan yoş ayollar uluşi 42 foizni taşkil qiladi, erkaklarda esa bu körsatkiç 8,8 foiz atrofida.

Bundan taşqari, xizmat uçun haq tölaşda ham sezilarli darajada gender tengsizligi mavjud, ayollar erkaklarga qaraganda 34 foiz kamroq maoş oladi. Bu 20 foiz bölgan global örtaça körsatkiçdan yuqori.

Hisobotda qayd etilişiça, ayollar örtasida iş haqi va bandlikning pastligi Özbekistonda iqtisodiy ösişga salbiy ta’sir körsatmoqda va kambağallikni kuçaytirmoqda. Agar xotin-qizlar iqtisodiy faoliyatda erkaklar bilan birdek iştirok etsa, Özbekistonda milliy daromad 29 foizga oşadi. Ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maoş olişini ta’minlaş 700 mingdan ortiq odamni kambağallikdan çiqarişga yordam beradi.

Hisobot tavsiyalari orasida Özbekiston hukumati mamlakat öz iqtisodiy salohiyatini töliq röyobga çiqarişi uçun gender tengsizlikni bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlarni davom ettirişi zarurligi qayd etilgan.