O‘zbekiston | 07:29 / 24.06.2020
37591
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma'lum qilindi

Aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 755,4 mln dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 411,4 dollar to‘langan.

Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-may oylarida O‘zbekistonga import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 755,4 mln dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 411,4 dollar to‘langan.

Shuningdek, avtomobillar, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 205,9 mln dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 578,8 mln dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 253,3 mln dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 249,5 mln dollarga tushgan.

Mavzuga oid