Jahon | 04:25 / 29.06.2020
5365
2 daqiqa o‘qiladi

Iroqda deputatlar koronavirus sababli yig‘ilishlarda ishtirok etishdan bosh tortmoqda

Foto: Flickr

Iroq parlamenti deputatlari koronavirusga chalinish qo‘rquvi ostida parlament yig‘ilishlarida ishtirok etishdan bosh tortmoqda. Bu haqda Shafaq axborot agentligi parlamentdagi manbaga tayanib xabar berdi. 

“Ayni vaqtda yig‘ilishlar o‘tkazilishi tiklangani yoki chaqirtirilganining birorta alomati yo‘q. Parlament a'zolari koronavirusga chalinishdan qo‘rqib palata yig‘ilishlariga kelishmayapti”, deb ma'lum qilgan manba.

Uning ta'kidlashicha, 30 dan ko‘proq deputat koronavirusga chalingan, ulardan ba'zilari davolanishdan o‘tmoqda. Shu sababli parlament yig‘ilishlarini videoformat shaklida o‘tkazish rejasi ishlab chiqilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Iroqda koronavirusga chalinganlar soni 45 mingdan, vafot etganlar soni 1,7 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Iroq sog‘liqni saqlash vazirligi avvalroq mamlakat koronavirusga chalinishning eng yuqori darajasiga chiqayotganini ma'lum qilgan. Iroqda koronavirus sababli kiritilgan komendantlik soati amal qilishi davom etmoqda, ichki va xalqaro aviaaloqa hamda ta'lim muassasalari faoliyati to‘xtatilgan. 

Mavzuga oid