Jahon | 19:22 / 06.07.2020
13165
2 daqiqa o‘qiladi

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkab ekanligini aytdi

 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qirg‘iziston va Qozog‘istonni koronavirusga chalinganlar soni jadal o‘sayotgan davlatlar toifasiga kiritgandi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

 «Hozirda butun mamlakat bo‘yicha favqulodda holat rejimini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmayapti», — dedi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

 U sanitar-epidemiologik, karantin cheklovlariga rioya qilish barcha uchun majburiy ekanligini eslatib o‘tdi.

«Kasallikka qarshi kurashda fuqarolik mas'uliyati katta ahamiyatga ega. Biz vaziyat murakkab ekanligini, oddiy emasligini ochiqchasiga tan olamiz. Sinovlardan o‘tish har bir avlodning peshonasiga bitilgan», — dedi Sooronbay Jeenbekov.

 Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qirg‘iziston va Qozog‘istonni koronavirusga chalinganlar soni jadal o‘sayotgan davlatlar toifasiga kiritgandi.

Avvalroq Qirg‘iziston hukumati apparatining 26 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

 24 iyun kuni Qirg‘iziston prezidenti Moskvada bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashmadi.

 Ma'lum qilinishicha, Jeenbekov delegatsiyasiga hamrohlik qilgan ikki nafar shaxsda koronavirusga test musbat natija bergan.

 Koronavirus Qirg‘iziston prezidenti devoni tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Doniyor Sidiqov va qo‘riqlash xizmatining bir nafar xodimida aniqlangan.

Mavzuga oid