Rossiyaning uchta shahrida O‘zbekistonning Bosh konsulxonalarini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston fuqarolarining soni 1,5 milliondan ortiq.
Rossiya Federatsiyasining Tula, Samara va Saransk shaharlarida O‘zbekistonning Bosh konsulxonalarini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Erkin Hamroyev “Xalq so‘zi” nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Bundan tashqari, Janubiy Koreya, Rossiyadagi elchixona hamda konsullik muassasalarimizda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillari o‘z faoliyatlarini olib bormoqda. Hozirgi kunda agentlikning Turkiya, Latviya va Finlyandiyada vakolatxonalarini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti”, dedi u.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston fuqarolarining soni 1,5 milliondan ortiq.
Shu bilan birga, Rossiyada 17 488 nafar o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya hududida, jumladan, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk shaharlarida diplomatik va konsullik vakolatxonalar faoliyat yuritib kelmoqda.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30 / 21.09.2024