AQSh harbiy-dengiz floti ofitseri Rossiyaga maxfiy ma'lumotlar berganlikda ayblanmoqda
Charlz Briggs Porsmutdagi harbiy-dengiz tibbiyot markazida axborot va texnologiyalar sohasida ishlagan.
AQSh harbiy-dengiz floti ofitseri Charlz Briggs Rossiya fuqarosiga maxfiy ma'lumotlar taqdim etganlikda ayblanmoqda. Bu haqda The Virginian-Pilot nashri xabar berdi.
Ofitser kelasi haftada harbiy sud oldida javob beradi. Uning qanday ma'lumotlarni berganligi va Rossiya fuqarosi bilan qanday tanishganligi haqida ma'lumot berilmagan.
Nashrning yozishicha, Briggs Porsmutdagi harbiy-dengiz tibbiyot markazida axborot va texnologiyalar sohasida ishlagan. Ofitser hukumat kompyuteridan ruxsatsiz foydalanib, tarqatish uchun maxfiy ma'lumotlarni olishda ayblanmoqda.
Tergov fikricha, bu ma'lumotlar «Qo‘shma Shtatlarga zarar yetkazishi yoki xorij fuqarosiga foyda keltirishi mumkin».
Qayd etilishicha, Briggs Rossiya va Italiya fuqarolari bilan aloqada ekanligi haqida aytmagan, xorij fuqarolari bilan aloqada bo‘lmaganligi haqida yolg‘on ma'lumot bergan.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024