13 noyabr kuni Vaşingtonda AQŞ-Özbekiston strategik şeriklik muloqotining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda AQŞ Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça yordamçisi Donald Lu va Özbekiston Taşqi işlar vaziri örinbosari Muzaffar Madrahimov, şuningdek ikki mamlakat elçilari qatnaşgan.
Delegatsiyalar Özbekiston va AQŞ örtasidagi iqtisodiy munosabatlar, inson huquqlari, odamlar örtasidagi özaro munosabatlar, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilgan. Qöşma Ştatlar Özbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini sözsiz qöllab-quvvatlaşini tasdiqladi.
Şuningdek, tomonlar muhim foydali qazilmalarni qazib oliş va Özbekistonning tabiiy gaz infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, savdo va investitsiyalarni diversifikatsiya qilişni davom ettiriş, Özbekistonda qişloq xöjaligidagi islohotlarni ilgari suriş kabi masalalarni muhokama qilgan. C5+1 diplomatik formati orqali konstruktiv hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.

«Delegatsiyalar mudofaa vazirliklari, huquq-tartibot idoralari, çegara va bojxona organlari örtasidagi aloqalarni çuqurlaştiriş orqali xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş muhimligini ta’kidladi. Qöşma Ştatlar Özbekistonning sentabr oyida Bojxona sohasida özaro yordam töğrisidagi bitimni imzolagani uçun olqişladi, bu esa bojxona masalalari böyiça ikki tomonlama hamkorlikni yölga qöyiş yölidagi katta qadamdir. Qöşma Ştatlar xavfsizlikka potensial tahdidlar va zaifliklarga jiddiy munosabatda bölib, Özbekistonning tahdidlarni yumşatiş uçun mintaqaviy va kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirişdagi yordami uçun minnatdorçilik bildirdi», — deyiladi AQŞ davlat departamentining bayonotida.
Şuningdek, tomonlar hukumatning islohot dasturiga muvofiq asosiy erkinliklar – özini ifoda etiş, fikr va e’tiqod qiliş huquqini ilgari suriş böyiça sa’y-harakatlarini davom ettirişga kelişib oldi. Amerika Qöşma Ştatlari Özbekistonga inson huquqlarini himoya qilişda yordam berişga tayyorligini bildirgan.
Şuningdek, Qöşma Ştatlar Özbekistonning mintaqadagi arxeologiya va madaniyatni saqlaş sohasidagi yetakçiligi uçun minnatdorlik bildirdi. Şu munosabat bilan Davlat departamenti Samarqand şahridagi Registon maydonidagi arxitektura konservatsiyasi işlari uçun «AQŞ elçilarining madaniy merosni asraş jamğarmasi» orqali 500 ming dollar miqdorida mablağ ajratilişini e’lon qildi.
AQŞ-Özbekiston kengaytirilgan strategik şeriklik böyiça ilk muloqoti 2025 yil Toşkentda bölib ötişi böyiça kelişildi.












