Eksport va investitsiyalar bo‘yicha Hukumat komissiyasi yangilangan tarkibda tasdiqlandi
Eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta'minlash mo‘ljallanmoqda.
Prezident “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi yangilangan tarkibda tasdiqlandi.
Quyidagilar Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
a) eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha:
eksport prognoz parametrlarining bajarilishini doimiy ravishda monitoring qilish, shuningdek kelgusi yillar uchun eksport prognozini shakllantirish ishlarini tashkil etish;
hududlar va tarmoq eksport salohiyatining o‘sishi va safarbar etilishiga to‘sqinlik qiladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash;
nobarqaror tashqi kon'yunktura, shuningdek yangi turdagi xalqaro tahdid va xatarlar (koronavirus pandemiyasi kabi) sharoitida mamlakatning eksport qilish salohiyatini rivojlantirish;
eksport faoliyatini amalga oshirishda aniqlangan muammolarni o‘rganib, zarur hollarda joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish;
eksport salohiyatini yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy, shu jumladan qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
b) investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha:
davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirgan holda investitsiya dasturlari va markazlashgan investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni shakllantirish hamda o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini tashkil etish;
investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish hamda investitsiya oqimining o‘sishi va ularning jalb etilishiga to‘sqinlik qiladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash;
investitsiya dasturlari va tarmoqlar yo‘nalishi doirasida investitsiyalarning o‘zlashtirilishi va loyihalarning amalga oshirilishi holatini o‘rganish hamda vujudga kelayotgan muammolarni, shu jumladan joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish;
investitsiya loyihalari, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kelishiladigan ko‘p yillik hamkorlik dasturlari va strategiyalarini taqdim etish, ular ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas'ul vazirliklar, idoralar va loyihalarni amalga oshirish guruhlarining hisobotlarini eshitish, shuningdek ushbu loyihalarning o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
v) hududlarda sanoat klasterlarini tashkil etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha:
respublika hududlarida sanoatni jadal rivojlantirish hamda ilm-fan, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini qamrab olgan «sanoat klasterlari»ni tashkil etish;
mahalliy xomashyo hamda materiallardan samarali foydalanish asosida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishni ta'minlaydigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
g) oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan «yo‘l xaritalari» bo‘yicha:
«yo‘l xaritalari»da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan eksport kelishuvlarining to‘laqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatish;
«yo‘l xaritalari»da nazarda tutilgan tadbirlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida hamda samarali ijro etilishini ta'minlash, to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan «yo‘l xaritalari»da nazarda tutilgan tadbirlarning ijro etilishida sun'iy ravishda cho‘zish va sansalorlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.
Belgilanishicha:
a) Hukumat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bayonnoma topshiriqlarining eksport, investitsiyalar, hududiy sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda boshqa tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qismining ijrosini ta'minlaydi;
b) Hukumat komissiyasining Ishchi organlari:
eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati;
hududiy sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti hisoblanadi.
Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tarkibi
1. S.U. Umurzakov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Hukumat komissiyasi raisi
2. A.B. Voitov — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi o‘rinbosari
3. O.B. Rustamov — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi o‘rinbosari
4. S.S. Saidkarimov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi o‘rinbosari
5. F.J. Raximov — Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, Hukumat komissiyasi raisi o‘rinbosari
6. A.R. Jumanazarov — Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari
7. O.Z. Nasritdinxodjayev — O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
8. L.Sh. Kudratov — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari
9. F.N. Arziyev — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari
10. I.R. Maxkamov — O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi
11. N.K. Xolmurodov — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari
12. Sh.A. Vafayev — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori
13. B.Yu. Abubakirov — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari
14. M.O. Saliyev — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
15. A.E. Fayzibayev — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
16. D.N. Sattarov — «O‘zstandart» agentligi bosh direktori
17. T.N. Nabiyev — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi
18. I.K. Ergashev — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i
19. A.K. Mirsoatov — «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ boshqaruvi raisi
20. S.S. Annaklichev — «O‘zsanoatqurilishbank» ATB boshqaruvi raisi
21. N.N. Saydullayev — «Asaka» ATB boshqaruvi raisi
22. J.Sh. Avezov — Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi kotibi
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
12:50 / 04.11.2024