Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi ochiqlandi
Tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi faoliyatini baholash hamda ularning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keyingi hisobini tekshirishni nazarda tutuvchi bojxona auditini amalga oshirishni tartibga solish rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining “Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
2021 yil 1 martgacha Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda bojxona auditini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolaydi;
2021 yil 1 sentyabrgacha bojxona auditini amalga oshirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari orasida keng yoritilishi ta'minlaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.
Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, bojxona auditining maqsadi:
- tashqi savdoni rivojlantirish va tovarlarni tegishli bojxona rejimiga chiqarishni tezlashtirish;
- bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanganligi va undirilganligini ta'minlash;
- vakolatli shaxsning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish;
- xavfni boshqarish sohasidagi bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini rag‘batlantirish;
- bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishdan iborat.
Bojxona auditi maqsadlaridan kelib chiqib, u quyidagi vazifalarni qamrab oladi:
- tovarlarni muayyan bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligini;
- bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma'lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ma'lumotlarga mosligini;
- bojxona yuk deklaratsiyasida rasmiylashtirilgan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi TIF TN kodiga muvofiq to‘g‘ri tasniflanganligini;
- ma'lum qilingan bojxona qiymatining haqqoniyligini;
- bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanganligi va undirilganligini;
- tovarlarga nisbatan preferensiyalarni to‘g‘ri qo‘llanilganligini va bojxona to‘lovlarining to‘liq to‘langanligini;
- bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilganligini hamda foydalanishi cheklangan tovarlarni ishlatilganligi yoki ulardan maqsadli foydalanganligini;
- shartli chiqarib yuborilgan tovarlarni belgilangan tartibdagi cheklovlariga rioya etilishini;
- vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kirish shartlariga rioya etilishini;
- tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqqan holda ular bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligini o‘rganish;
- O‘zbekiston Respublikasining bojxona sohasidagi qonun hujjatlarida belgilangan taqiq va cheklovlarga rioya qilinishini tekshirishdan iborat.
Bojxona auditi vakolatli shaxslarini tanlash bojxona organlarining axborot dasturlari ma'lumotlari tahlili, bojxona organlarining tarkibiy tuzilmalari, boshqa tashkilot hamda idoralardan kelib tushgan axborot va ma'lumotlar, shuningdek xavf ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Bojxona auditi uchun tanlangan mazkur vakolatli shaxslarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga ma'lumotlari monitoring qilish natijalariga ko‘ra qayta tanlab olinishi mumkin.
Bojxona auditi quyidagi vakolatli shaxslarga nisbatan o‘tkaziladi:
1) deklarant;
2) tashuvchi;
3) bojxona ombori bo‘lmagan joylarda tovarlarni bojxona nazoratida saqlayotgan shaxs;
4) bojxona omborlari, boj olinmaydigan savdo do‘konlari va erkin ombor egalari;
5) tovarlarga nisbatan ular chiqarib yuborilganidan keyin ularni qabul qiluvchi va (yoki) sotib oluvchilar;
6) vakolatli iqtisodiy operator;
7) tovarlar chiqarib yuborilgandan so‘ng tovarlar bo‘yicha tuzilgan tashqi iqtisodiy faoliyat shartnomasida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan shaxslar;
8) vakolatli shaxsning o‘rniga barcha moliyaviy va huquqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan shaxslar.
Bojxona auditini amalga oshirish jarayonida zarurat bo‘lganda maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega, manfaatdorligi bo‘lmagan mutaxassis jalb qilinishi mumkin.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona to‘lovlarini qo‘shimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida bo‘lishi tugagan paytdan e'tiboran uch yil davomida amalga oshirilishi mumkin.
Vakolatli shaxsning aynan bir tovariga nisbatan takroriy bojxona auditi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bojxona auditi maqsadlaridan kelib chiqib bojxona auditi kameral va sayyor shaklda o‘tkazilishi mumkin.
Bojxona auditini o‘tkazish ko‘rsatilgan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Nizomda belgilangan tartibda o‘tkazilgan bojxona auditi natijasi bo‘yicha bojxona organlari tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va qaror qabul qilinadi hamda BOJXONA AUDITI avtomatlashtirilgan axborot tizimida qayd etib boriladi.
Mavzuga oid
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024