O‘zbekiston afg‘onlararo muzokaralarning keyingi bosqichlaridan birini Samarqandda o‘tkazishga tayyor
2020 yilning 9 sentabr kuni «O‘zbekiston-AQSh-Afg‘oniston» uch tomonlama hamkorlik mexanizmining Siyosat bo‘yicha quyi qo‘mitasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov, AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Nensi Jyekson, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvays Naab rahbarlik qildi.
TIV xabariga ko‘ra, tadbir davomida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va bu jarayonda O‘zbekistonning o‘rni, tomonlar o‘rtasida siyosiy muloqotni kuchaytirish, inson huquqlari, diniy erkinlik va odam savdosi yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni ko‘lamini oshirish, transport-kommunikatsiya, infratuzilma va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish hamda Afg‘oniston iqtisodiyotini izchil rivojlanishiga ko‘maklashishning muhimligi qayd etildi.
Tomonlar Afg‘oniston uchun Keng qamrovli tinchlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligini bildirib, u mintaqaviy va global yondashuv asosida tayyorlanishi muhimligi ta'kidladilar. Shu nuqtayi nazardan 2018 yil mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining konseptual ahamiyati yana bir bor e'tirof etildi.
Uchrashuv ishtirokchilari afg‘onlararo muzokaralarning birinchi doirasini Doha shahrida (Qatar) o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladilar.
O‘zbekiston tomoni muzokaralarning keyingi bosqichlaridan birini Samarqand shahrida o‘tkazishga tayyorligini bildirdi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
18:05 / 06.11.2024