Respublika iste'molchilari, jumladan Farg‘ona vodiysiga kuz-qish davrida gaz yetkazishda ishonchlilikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston gaz yetkazish tizimini (GTS) modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Xususan:
- “Ohangaron-Pungan” asosiy gaz quvurida uzunligi 25 km bo‘lgan yonlama quvur tortish (luping) hamda quvurning 338 km dan boshlangan, “Yangiyer KS-Shirin GTS” gacha bo‘lgan 4,7 km lik masofada gaz oqimi yo‘nalishini o‘zgartirgich (otvod) qurilishi;
- “Muborak-Zirabuloq” (BGX-TBA), “DBST”, “Kelif-Muborak” va “BGX-TBA-A” gaz quvurlarining umumiy 25,8 km lik avariyaviy qismlarini to‘liq ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Qirqquloch-4 va Mirbaraka-2 quduqlaridan gaz o‘tkazgich (shleyf) quvurlar qurilishi yakunlanib, ularni asosiy gaz quvurlariga ulash ta'minlandi. Natijada respublika iste'molchilariga kuniga qo‘shimcha 600 ming kub.m gacha gaz yetkazish imkoniyati yaratildi.
Barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq tarzda bajarilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati