O‘zbekiston | 12:39 / 16.09.2020
36578
1 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'limi vazirligining murojaatlar markazi telefon raqami yangilandi

Murojaatlar markazi dushanba kunidan juma kuniga qadar, soat 09:00dan 18:00gacha faoliyat yuritadi.

Xalq ta'limi vazirligining murojaatlar markazi telefon raqami yangilandi. Bu haqda vazirlik tomonidan e'lon qilingan xabarda aytilgan.

Qayd etilishicha, umumta'lim maktablari faoliyatiga oid murojaat va takliflar bilan ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq ta'lim vazirligi (71) 202 09 09 raqamli murojaatlar markazini (Call-center) tajriba sinov shaklida ishga tushirmoqda. 

Markazda har bir murojaat va taklif ro‘yxatga olinib, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. 

Murojaatlar markazi dushanba kunidan juma kuniga qadar, soat 09:00dan 18:00gacha faoliyat yuritadi.

Mavzuga oid