Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida mahalliy aholiga Umra ziyorati uchun ruxsat berildi
Joriy yilning 4 oktyabridan boshlab Makkadagi Al-Harom masjidi qariyb olti oydan ortiq vaqtdan so‘ng birinchi ziyoratchilarga o‘z eshigini ochdi.
Saudiya Arabistonida bir necha oydan beri koronavirus tufayli amalda bo‘lgan cheklovlar yengillashtirilib, mahalliy aholiga Umra ziyorati uchun ruxsat berildi, deb yozadi Arabnews.


Hozirda masjidga bir kunda faqatgina mahalliy aholi va mamlakat fuqarolaridan iborat 6000ga yaqin ziyoratchi kirishiga ruxsat berilgan. Xorijdan tashrif buyuruvchi fuqarolarga esa 1 noyabrdan boshlab Umra ziyorati uchun chegaralar ochilishi kutilmoqda.

Masjid rahbariyati dastlabki ziyoratchilarni qabul qilish uchun uzoq va puxta tayyorgarlik ko‘rib, koronavirus tarqalishi oldini olish bo‘yicha qat'iy chora-tadbirlar ko‘rgan. Masjidda har bir guruh ziyorati oralig‘ida kuniga 10 marta tozalash ishlari amalga oshiriladi. Odam gavjum bo‘lishi mumkin yerlar, jumladan, favvoralar, gilamlar, yuvinish xonalari, eskalatorlarga tozalovchi hamda antiseptik vositalar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
11:08 / 02.04.2026
Arablar Trampga Eron urushi uchun pul beradimi?
11:55 / 30.03.2026
Saudiyada AQShning razvedkachi samolyoti yo‘q qilindi
20:20 / 29.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi
11:41 / 29.03.2026