O‘zbekiston | 08:34 / 17.10.2020
5454
1 daqiqa o‘qiladi

BAA koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga insonparvarlik yordami taqdim etdi

Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashish maqsadlari uchun 7 tonna insonparvarlik yordami ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

O‘zbekistonning Abu-Dabidagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, gumanitar yuk tarkibiga o‘pkani sun'iy shamollatish vositalari, kislorod konsentratorlari, PZR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan.

Tibbiy yuk O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga mamlakatimizning barcha mintaqalarida tarqatish uchun topshiriladi.

BAA O‘zbekistonga COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan tibbiy mahsulotlarni to‘rtinchi bor taqdim etdi. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatga 51 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berildi.

Mavzuga oid